YUQORI MAHSULDOR QORAMOLLARDA TUYOQ KASALLIKLARI VA NEKROBAKTERIOZ PROFILAKTIKASINING IQTISODIY SAMARASI

Xudoyorova F.A.

Maqolada yuqori mahsuldor qoramollarda uchraydigan tuyoq kasalliklari, jumladan nekrobakteriozning iqtisodiy zarari hamda uning oldini olish va davolash choralari tahlil qilingan. 200 bosh sog‘in sigir saqlanadigan xo‘jalik sharoitida profilaktika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan va chorvachilik rentabelligiga ta’siri asoslab berilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

O’LMAS UMARBEKOV DRAMALARI TAHLILI

Sheraliyeva Ra’no

Maqolada istiqlol davrida dramaturgiyaning adabiyotda ya’ni tanqidchilik yo’nalishida o’rganilayotgani shu sohaning o’ziga xos yo’nalishlari kengayotgani va shu bilan birgalikda O’lmas Umarbekovning “Komissiya”,”Kuzning birinchi kuni”,”Arizasiga ko’ra”,dramalari talqini haqida so’z boradi.Bu davrda dramalarda o’zbek xalqiga xos urf-odatlar, ma’naviy-axloqiy muammolar,milliy qadriyatlar,avvalo,xalq ma’naviyatiga,tafakkuri,madaniyati,ma’rifatiga ta’sir qilishi bilan bog’liq voqealar, obrazlar orqali ochib berilganligi va mavzular turfa xilligi bilan qayd etiladi.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOTNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK AHAMIYATI

Tojiboyeva Dilafruz

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning psixologik-pedagogik ahamiyati yoritilib, uni samarali tashkil etishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik muloqotning ta’lim samaradorligiga ta’siri, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan o‘yinli mashg‘ulotlarning o‘quv motivatsiyasi, nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab beriladi. Maqolada “Taboo Words”, “20 objects”, “Character”, “Aqliy hujum”, “Baliq ovi” va “Raketa” kabi o‘yinlarning dars jarayonida qo‘llanishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin, faol va samarali muloqot muhitini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. O‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishi hamda ta’lim jarayonining psixologik jihatdan qulay kechishiga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

KICHIK YOSHDAGI OʻQUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASH QOBILYATINI SHAKLLANTIRISH

Ostonova Umida Usmonovna

Ushbu maqoladda oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashini oʻstirishda onggini rivojlantirishda yangicha metodlar haqida soʻz boradi. Bu borada fikr yuritilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

ABDULLA AVLONIY IJODIDA VATAN MAVZUSI

Jumayev Farhod Akmamatovich

Maqolada o‘z millati, xalqi, yurti ozodligi va ertasi uchun fidoiyilik ko‘rsatgan hamda jadidizm yo‘nalishida ijod qilgan ulug‘ allomalardan biri, ma’rifatparvar shoir Abdulla Avloniyning ijodida Vatan mavzusiga to‘xtanilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

ANALYSIS OF THE MATERIALS OF THE KHOREZM ARCHAEOLOGICAL AND ETHNOGRAPHIC EXPEDITION

Isaqov Rustamjon O‘ktamjon o‘g‘li

Ushbu maqolada “Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции” to‘plamlarining ilmiy ahamiyati va tarkibi tahlil qilinadi. To‘plamlar Xorazmning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, aholi va moddiy madaniyati bo‘yicha birlamchi daliliy manbalarni taqdim etadi. Shu bilan birga, ularning bugungi ilmiy tadqiqotlar uchun ahamiyati, zamonaviy metodlar bilan qayta tahlil qilish zaruriyati va ekspeditsiya topilmalari asosida tarixiy va etnografik tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

BO‘LAJAK TARBIYACHINING RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLAR FAOLIYATIDA O‘YIN MUHITINI TASHKIL ETISHI

Ergashova Munisa Hoshim qizi

Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachining rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida o‘yin muhitini tashkil etish masalasi yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin faoliyati bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish, ijtimoiylashuvi va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda yetakchi omil ekanligi asoslab beriladi. Rivojlantiruvchi markazlarda yaratiladigan o‘yin muhiti nafaqat bolalarning qiziqishi va ehtiyojlariga mos kelishi, balki ularning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligida o‘yin muhitini tashkil etish bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va metodik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin muhitini yaratishda bolaga yo‘naltirilganlik, ijodiylik, faollik va xavfsizlik tamoyillari asosiy mezon sifatida ko‘rsatilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING PEDAGOGIK ASARLARI ORQALI TALABALARNI MA’NAVIY - AXLOQIY TARBIYALASH

Axrarova Zebuniso Baxromovna

Maqolada XX asrda Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‘lgan, o‘z davri ijtimoiy ongining uyg‘onishida muhim rol o‘ynagan ajdodimiz, jadid ma’riftparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan Behbudiy o‘z asarlarida islom dinini noto‘g‘ri talqin etilmasligi, ma’rifiy jihatlariga e’tibor qaratishga chaqirgan. Behbudiyning maqsadi xalqni ma’rifatli qilish va ularni dunyoning yuksak rivojlangan xalqlari darajasiga olib chiqish, har tomonlama rivojlangan jamiyat, insonparvarlik va demokratiyaning mustahkam tamoyillariga asoslangan davlat qurish edi. Maqolada Behbudiy merosida ilm-ma’rifat, axloq, san’atning yoshlar ma’naviy madaniyati, milliy o‘zlikni anglashga ta’siri masalalarining yoritilishiga e’tibor qaratilgan, asarlarining zamonaviy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

O‘QUV JARAYONINING INTEGRATSION SHAKLLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK VA DIDAKTIK ASOSLARI

Sh.Sh.Allamova

Mazkur maqolada zamonaviy ta’limda integratsion shakllar va ularning pedagogik hamda didaktik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada Fogartyning (1991) integratsion modellaridan tortib, TPACK, Know–Do–Be, KSA, Head–Heart–Hands, Backward Design, 5E, Kooperativ ta’lim va ADDIE kabi xalqaro tan olingan didaktik modellar asosida integratsion o‘qitishning metodik mexanizmlari yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, integratsiyalashgan yondashuvlar o‘quv jarayonini faollashtiradi, raqamli muhitda shaxsiylashtirilgan ta’limni ta’minlaydi, kompetensiyaviy rivojlanishni rag‘batlantiradi va talabalarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA ASOSLANGAN TIL O‘QITISH METODI

Abidova M.I., Abidova D.M.

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini til o‘qitish jarayoniga integratsiya qilishning nazariy asoslari va metodik yondashuvlari tahlil qilingan. AI yordamida o‘quvchilarning talaffuz, grammatik, leksik va muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, AI asosida ishlab chiqilgan o‘qitish platformalari (ChatGPT, Grammarly, Duolingo Max, Replika AI) misolida interaktiv ta’lim muhiti tahlil qilinadi. Maqola sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, cheklovlari va o‘qituvchi rolidagi o‘zgarishlarni ham yoritadi.

26.12.2025 Volume 2 Issue 3 View more Download