26.12.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3
Abstract. Maqolada XX asrda Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‘lgan, o‘z davri ijtimoiy ongining uyg‘onishida muhim rol o‘ynagan ajdodimiz, jadid ma’riftparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan Behbudiy o‘z asarlarida islom dinini noto‘g‘ri talqin etilmasligi, ma’rifiy jihatlariga e’tibor qaratishga chaqirgan. Behbudiyning maqsadi xalqni ma’rifatli qilish va ularni dunyoning yuksak rivojlangan xalqlari darajasiga olib chiqish, har tomonlama rivojlangan jamiyat, insonparvarlik va demokratiyaning mustahkam tamoyillariga asoslangan davlat qurish edi. Maqolada Behbudiy merosida ilm-ma’rifat, axloq, san’atning yoshlar ma’naviy madaniyati, milliy o‘zlikni anglashga ta’siri masalalarining yoritilishiga e’tibor qaratilgan, asarlarining zamonaviy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
Keywords: jadidchilik, ma’naviy madaniyat, ilm, ma’rifat, din, axloq, san’at, siyosat, ma’naviy barkamollik.