SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA ASOSLANGAN TIL O‘QITISH METODI

26.12.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3

Abidova M.I., Abidova D.M.

Abstract. Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini til o‘qitish jarayoniga integratsiya qilishning nazariy asoslari va metodik yondashuvlari tahlil qilingan. AI yordamida o‘quvchilarning talaffuz, grammatik, leksik va muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, AI asosida ishlab chiqilgan o‘qitish platformalari (ChatGPT, Grammarly, Duolingo Max, Replika AI) misolida interaktiv ta’lim muhiti tahlil qilinadi. Maqola sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, cheklovlari va o‘qituvchi rolidagi o‘zgarishlarni ham yoritadi.

Keywords: sun’iy intellekt, til o‘qitish metodi, lingvodidaktika, raqamli ta’lim, interaktiv muhit, AI-assistent.