26.12.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachining rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida o‘yin muhitini tashkil etish masalasi yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin faoliyati bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish, ijtimoiylashuvi va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda yetakchi omil ekanligi asoslab beriladi. Rivojlantiruvchi markazlarda yaratiladigan o‘yin muhiti nafaqat bolalarning qiziqishi va ehtiyojlariga mos kelishi, balki ularning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligida o‘yin muhitini tashkil etish bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va metodik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin muhitini yaratishda bolaga yo‘naltirilganlik, ijodiylik, faollik va xavfsizlik tamoyillari asosiy mezon sifatida ko‘rsatilgan.
Keywords: bo‘lajak tarbiyachi, rivojlantiruvchi markaz, o‘yin muhiti, maktabgacha ta’lim, ijodkorlik, metodik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim muhiti.