26.12.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning psixologik-pedagogik ahamiyati yoritilib, uni samarali tashkil etishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik muloqotning ta’lim samaradorligiga ta’siri, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan o‘yinli mashg‘ulotlarning o‘quv motivatsiyasi, nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab beriladi. Maqolada “Taboo Words”, “20 objects”, “Character”, “Aqliy hujum”, “Baliq ovi” va “Raketa” kabi o‘yinlarning dars jarayonida qo‘llanishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin, faol va samarali muloqot muhitini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. O‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishi hamda ta’lim jarayonining psixologik jihatdan qulay kechishiga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
Keywords: pedagogik muloqot, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘yin texnologiyalari, ta’lim samaradorligi, o‘quv motivatsiyasi, interaktiv metodlar, psixologik muhit