PEDAGOGIKA TARIXI FANINI O‘RGANISH VA O‘ZLASHTIRISHING O‘ZIGA XOS XUSUSISYATLARI

O‘taуev Akram Yo‘ldoshevich

Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va kontsepsiyalar bilan boyib bordi. Bu masalalar oiliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak pedagoglar tomonidan “Pedagogika tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘rganilishi va o‘zlashtirilishi lozim. Maqolada Pedagogika tarixini o‘rganish va o‘zlashtirishda tarbiya, maktab va pedagogik fikralar rivoji va o‘rganish bosqichlari haqida fikr yuritiladi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

BADIIY ASARNING SAHNALASHTIRILISHIDA KUZATILADIGAN LINGVOTRANSFORMATSION JARAYONLAR TADQIQI

Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Oybek Tohirov

Transformatsiologiya – keng va tor ma’noda tushunish mumkin bo‘lgan, zamonaviy fan tarmoqlarida faol qo‘llanilayotgan termiin hisoblanadi. Bu termin dastlab ximiya fanida paydo bo‘ldi va moddalarning tarkibiy o‘zgarishga uchrash jarayonlarini tadqiq etishda qo‘llanildi. Keyin boshqa fan tarmoqlarida ham tub va qisman o‘zgarishlarning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish maqsadida qo‘llana boshlandi. Tilshunoslikda ilk marta Qirim davlat pedagogika instituti professori Migirin Viktor Nikolayevich o‘zining “Еволюwия придаточного предложения и разные виды трансформatsiи главного и придаточного предложений в русском языке” nomli dissertatsion tadqiqotida qo‘llagan. Maqolada Usmon Azimning “Tong otgan taraflarda” dostonining sahnalashtirilishida frazeologik birliklarning lingvotransformatsiyaga uchrash jarayoni haqida so‘z yuritiladi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

OG‘ZAKI NUTQ KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Israilova Sayera Tashpulat qizi

Mazkur maqolada talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini innovatsion ta’lim texnologiyalar yordamida rivojlantirish haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. Ta’lim texnologiyalardan samarali foydalanish usullari orqali talabalar olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish imkoniyatlariga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berilgan.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI LINGVOPOETIK TADQIQOTLARDA YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARIGA MUNOSABAT

Ismailova Dilnoza Shavkatovna

Ushbu maqolada badiiy matn tilini o‘rganishda lingvopoetik yondashuvning nazariy asoslari haqida so‘z boradi. Mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar va ularning ishlari haqida ma’lumot beriladi hamda bu ishlarda yordamchi so‘z turkumlariga munosabat masalalari tahlil qilinadi. Maqolada yordamchi so‘zlar haqida ayrim mulohazalar bildirilgan ishlardan namunalar keltiriladi va ular badiiy matnga qanday maqsadlarda olib kirilganligi, asar badiiyatini boyitishga qay darajada hissa qo‘shganligi haqida fikr – mulohazalar bildiriladi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

OCHIQ DALA SHAROITIDAGI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Gapparov Islom Uchqun o‘g‘li

Qishloq xo‘jaligida ochiq dala ekinlarining hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri zamburug‘li kasalliklardir. Ushbu maqolada mazkur kasalliklarning tarqalishi, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayoniga ta’siri va ularga qarshi kurash usullarining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqotda biologik, agrotexnik va kimyoviy kurash choralarining samaradorligi xalqaro hamda mahalliy ilmiy tadqiqotlar asosida baholandi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekologik xavfsiz kurash usullari nafaqat hosildorlikni oshirishga, balki uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu sababli, zamonaviy qishloq xo‘jaligida samarali va ekologik xavfsiz kurash choralari kombinatsiyalangan holda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

O‘QUV JARAYONI SAMARADORLIGINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA

Gulbaev Ne‘matulla Abdukarimovich

Ushbu maqola o‘quv jarayonida talabalarning darsga kechikib kelishi to‘g‘risida bo‘lib, talabalarning inson sifatida shakllanishida darsga kechikishni nazorat qilishning ayrim jihatlari bayon etilgan. Shuningdek, dars mashg‘ulotlari turi strukturasi va masalaning еchimiga tavsiyalar berilgan.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

XITOY TILIDA SALOMLASHUVLARDA ODOB-AXLOQ KATEGORIYASINING XUSUSIYATLARI

Fayzullayeva Moxinorabegim Bexzodbek qizi

Ushbu maqolada xitoy tilida salomlashuvlardagi odob-axloq kategoriyasining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Salomlashuv madaniyatlararo kommunikatsiyaning muhim elementi bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishda asosiy rol o‘ynaydi. Zamonaviy xitoy tilida odob-axloq kategoriyasida eng avvalo tilning mosligi e’tiborga olinadi. Bu shuni anglatadiki, muloqot jarayonida suhbatdoshlar o‘zaro munosabatlar, vaziyat, maqsad va boshqa omillarga asoslanib, mos ifodalarni tanlaydilar, bu esa o‘z navbatida boshqalarga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga xizmat qiladi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

ABU ALI IBN SINO SOG’LOM TURMUSH TARZI ASOSLARI HAQIDA

Yuldashev Farux Karimovich

Maqola Abu Ali Ibn Sinoning salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish soxasidagi qarashlarini yoritib berishga bag’ishlangan. Unda salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzining nazariy asoslari ochib berilgan, hamda ulardan zamonaviy sharoitlariga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda foydalanish mumkinligi haqida fikr bildirilgan.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA INDIVIDUAL O‘QITISHNI TASHKIL ETISH

Erimbetov Muxammad Mirzo o‘g‘li

Mazkur maqola inklyuziv ta'lim sharoitida individual o‘qitishni tashkil etishning ahamiyati va usullarini tahlil qiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘qitish jarayonida individual yondashuvni qo‘llashning samaradorligi ko‘rsatiladi. Maqolada inklyuziv ta'limning asosiy prinsiplaridan biri sifatida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga mos tarzda o‘qitishni tashkil etishning yo‘llari, metodlari va texnologiyalari taqdim etiladi. Shuningdek, ta'lim jarayonida individual yondashuvni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limni rivojlantirishda pedagoglarga foydali bo‘ladigan amaliy maslahatlar bilan yakunlanadi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI KIYIM-KECHAKLAR LEKSIKASI

Egamova Shoxida Djalilovna

Ushbu maqola Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostoni tilidagi maishiy leksik birliklarni, jumladan, kiyim-kechaklar leksikasini tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kiyim-kechaklar ustki va ichki kiyim nomlari, bosh va oyoq kiyim nomlari, kiyim qismlari va liboslarga yordamchi buyum nomlari kabi turlarga ajratilgan holda tadqiq etildi. Bu tadqiqot orqali leksemalarning tarixiy va tadrijiy taraqqiyoti ochib berildi, va ularning funksional-semantik tavsifi keltirildi. Nazariy ma’lumotlar dostondan keltirilgan misollar bilan asoslandi.

26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download