26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada xitoy tilida salomlashuvlardagi odob-axloq kategoriyasining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Salomlashuv madaniyatlararo kommunikatsiyaning muhim elementi bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishda asosiy rol o‘ynaydi. Zamonaviy xitoy tilida odob-axloq kategoriyasida eng avvalo tilning mosligi e’tiborga olinadi. Bu shuni anglatadiki, muloqot jarayonida suhbatdoshlar o‘zaro munosabatlar, vaziyat, maqsad va boshqa omillarga asoslanib, mos ifodalarni tanlaydilar, bu esa o‘z navbatida boshqalarga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Keywords: xitoy tili, odob-axloq kategoriyasi, salomlashuv odobi, tahlil, madaniyat, ijtimoiy ierarxiya.