O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI LINGVOPOETIK TADQIQOTLARDA YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARIGA MUNOSABAT

26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1

Ismailova Dilnoza Shavkatovna

Abstract. Ushbu maqolada badiiy matn tilini o‘rganishda lingvopoetik yondashuvning nazariy asoslari haqida so‘z boradi. Mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar va ularning ishlari haqida ma’lumot beriladi hamda bu ishlarda yordamchi so‘z turkumlariga munosabat masalalari tahlil qilinadi. Maqolada yordamchi so‘zlar haqida ayrim mulohazalar bildirilgan ishlardan namunalar keltiriladi va ular badiiy matnga qanday maqsadlarda olib kirilganligi, asar badiiyatini boyitishga qay darajada hissa qo‘shganligi haqida fikr – mulohazalar bildiriladi.

Keywords: lingvopoetika, stilistik aspekt, estetik vazifa, yordamchi so‘zlar, ko‘makchi, bog`lovchi, yuklama, o‘xshatish vositasi.