26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1
Abstract. Qishloq xo‘jaligida ochiq dala ekinlarining hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri zamburug‘li kasalliklardir. Ushbu maqolada mazkur kasalliklarning tarqalishi, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayoniga ta’siri va ularga qarshi kurash usullarining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqotda biologik, agrotexnik va kimyoviy kurash choralarining samaradorligi xalqaro hamda mahalliy ilmiy tadqiqotlar asosida baholandi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekologik xavfsiz kurash usullari nafaqat hosildorlikni oshirishga, balki uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu sababli, zamonaviy qishloq xo‘jaligida samarali va ekologik xavfsiz kurash choralari kombinatsiyalangan holda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Keywords: zamburug‘li kasalliklar, agrotexnika, biologik kurash, fitopatologiya, innovatsion texnologiyalar, ekologik fungitsidlar, mikrobiologik himoya, iqtisodiy samaradorlik.