26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1
Abstract. Mazkur maqola inklyuziv ta'lim sharoitida individual o‘qitishni tashkil etishning ahamiyati va usullarini tahlil qiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘qitish jarayonida individual yondashuvni qo‘llashning samaradorligi ko‘rsatiladi. Maqolada inklyuziv ta'limning asosiy prinsiplaridan biri sifatida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga mos tarzda o‘qitishni tashkil etishning yo‘llari, metodlari va texnologiyalari taqdim etiladi. Shuningdek, ta'lim jarayonida individual yondashuvni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limni rivojlantirishda pedagoglarga foydali bo‘ladigan amaliy maslahatlar bilan yakunlanadi.
Keywords: inklyuziv ta'lim, individual o‘qitish, ta'lim jarayoni, maxsus ehtiyojlar, individual yondashuv, pedagogika, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodlari, ta'lim texnologiyalari, inklyuziv ta'lim prinsiplar.