LEGAL AND INSTITUTIONAL FRAMEWORK FOR IMPLEMENTING THE DIGITAL ECONOMY STRATEGY OF UZBEKISTAN

Khayitboyeva Mukhlisa Ilkhomjon kizi

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot strategiyasini amalga oshirishning huquqiy va institutsional asoslari tahlil qilingan. Mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, strategik dasturlar hamda ularni amalga oshirish uchun shakllantirilgan institutsional tizimning mazmun-mohiyati yoritilgan. “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasi, shuningdek, “Axborotlashtirish to'g'risida”, “Elektron hukumat to'g'risida”, “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida” va “Kiberxavfsizlik to'g'risida”gi qonunlar raqamli transformatsiyaning huquqiy asosi sifatida ko'rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park, elektron hukumat tizimi, my.gov.uz portali va kiberxavfsizlik institutlarining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni chuqur tahlil qilingan. O'zbekistonning huquqiy va institutsional muhiti xalqaro tajriba bilan qiyoslanib, mavjud vositalar va muammolar aniqlangan hamda raqamli iqtisodiyot strategiyasini samarali amalga oshirish va institutsional boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

KASSA OPERATSIYALARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH: AKSIYADORLIK JAMIYATI MISOLIDA

Xalikov Baxrom Shomurovich

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish va takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Kassa operatsiyalarini hujjatlashtirish, hisobvaraqlarda aks ettirish, analitik hisobni yuritish va ichki nazoratni tashkil etishning amaldagi holati o‘rganilgan. “UzAuto Motors” AJning 2024-yilgi moliyaviy hisoboti asosida pul mablag‘lari va ular tarkibidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kassa hisobini raqamlashtirish, riskka asoslangan ichki nazoratni joriy etish hamda kassa operatsiyalarini pul oqimlari hisoboti bilan integratsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

IJTIMOIY TARMOQLARDA NUTQIY ETIKETNING PSIXOLINGVISTIK VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Xalimbekov Ibrohimjon Tursunovich

Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi nutqiy etiketning psixolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlari nazariy-tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida salomlashuv, murojaat, minnatdorlik, uzr so‘rash, e’tiroz bildirish va fikrni yumshatish kabi nutqiy harakatlarning namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Shuningdek, emojilar, grafik belgilar, qisqartmalar va boshqa multimodal vositalarning muloqot mazmuni hamda emotsional talqiniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xorijiy tadqiqotlarda ishlab chiqilgan kompyuter vositasidagi diskurs tahlili, xushmuomalalik nazariyasi haqidagi qarashlar o‘zbek internet-muloqoti xususiyatlarini izohlash uchun nazariy asos sifatida qo‘llanadi. O‘zbek tilidagi namunaviy kommunikativ vaziyatlar orqali milliy nutq odobi, ijtimoiy masofa, hurmat kategoriyasi va raqamli muloqot o‘rtasidagi munosabat ochib beriladi. Tadqiqot natijasida nutqiy etiketni faqat odob qoidalari majmui sifatida emas, balki raqamli muhitda shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi psixologik, pragmatik va madaniy mexanizmlar tizimi sifatida o‘rganish zarurligi asoslanadi.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

JEROME BRUNERNING SPIRAL TAMOYILI ASOSIDA MATEMATIK MANTIQ VA KOMBINATORIKA TUSHUNCHALARINI BOSQICHMA-BOSQICH RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Juraqulova Ibodat Obidjonovna

Ushbu ilmiy ishda Jerome Brunerning spiral tamoyilidan foydalangan holda o’quvchilarning aqliy rivojlanishi, mavzularni aniq tushunishi va mantiqiy fikrlash qobilyatini oshirishga yordam beradi .Ayniqsa , matematik mantiq va kombinatorika kabi aniq va abstrak mavzularni o’qitishda spiral tamoyildan foydalanish samarali natija beradi. Chunki, kombinatorika va matematik mantiq mavzulari o’quvchilarga tahlil qilish,taqqoslash ,qonunyatlarni aniqlash, turli yechimlarni izlash va mantiqiy xulosa chiqarish qobilyatini oshirishga yordam beradi. Bu yondashuv faqatgina ta’limda emas, balkim iqtisod, biologiya, menejment va shu kabi sohalarda keng qo’llanilmoqda. Bu esa spiral tamoyilining turli yo’nalishlarni ham bosqichma-bosqich o’rganishga va rivojlantirishga yordam berishini anglatadi.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

EKOLOGIK HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN JAVOBGARLIK: MUAMMO VA YECHIMLAR

Nurullayeva Nazirabonu Nasullayevna

Ushbu maqola ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik huquqbuzarlik tushunchasi va ularning shakllari tahlil qilinadi, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqiy javobgarligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaldagi milliy qonunchilikdagi kamchiliklar va muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ekologik huquqni rivojlantirish va samarali nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan. Maqola ilmiy nazariy tadqiqot va amaliy takliflarni birlashtirib, ekologik huquq sohasida ilgari surilayotgan muammolarni hal etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING ARIMA MODELLARI ASOSIDA TAHLILI

Erkin Qayumov

Maqolada jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bugungi bosqichida mamlakatlar taraqqiyoti darajasini baholashda nafaqat uzoq davr ustuvor ahamiyat kasb etgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning, balki ustun ravishda aholi ijtimoiy himoya qilish darajasi va sifatini namoyon etuvchi ijtimoiy tavsifdagi ko‘rsatkichlarni ARIMA modellaridan foydalangan holda tahlil qilishning o‘rni, mazkur ko‘rsatkichlarning asosiy qismi ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlardan tarkib topganligi, rivojlangan mamlakatlarda bugungi kunda iqtisodiy o‘sishning asosiy omili sifatida “inson kapitali”ga urg‘u berilayotganligi inobatga olinsa, aholi ijtimoiy himoyasi va u bilan bog‘liq munosabatlarning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘lishidagi asosiy muammolar va yo‘nalishlar berilgan.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

AGROSANOAT MAJMUASIDA KLASTER TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI

Berdimurodov Usman Suyunovich

Maqolada agrosanoat majmuasida klaster tizimining tarkibiy tuzilishi, uni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni qayta ishlash va qiymat zanjirini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Agrosanoat klasterlarining hududiy iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligi, raqobatbardoshlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslangan.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

PROSPECTS FOR INNOVATION AND INVESTMENT DEVELOPMENT OF AGRICULTURE ON THE BASIS OF REGIONAL PROGRAMS

Abdurayimov Kamoliddin Khurram oglu

The article analyzes the prospects for innovative and investment development of agriculture in the Surkhandarya region based on regional programs. The decoupling factor and the Environmental Kuznets Curve models were used. It was found that with an increase in investments, the growth rate of emissions decreased, and decoupling cases were observed in 2016 and 2021.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

MARKAZIY BANKNING ASOSIY STAVKANI OʻZGARTIRISH INSTRUMENTIDAN FOYDALANISHINING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIGA ASOSLANGAN TAHLILI

Abdullayeva Charos Abdullo qizi, Normo'minov Hayotbek Marat o‘g‘li

Ushbu maqolada Markaziy bankning asosiy stavkasi kredit resurslari qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi monetar uzatish mexanizmining asosiy instrumenti sifatida tizimli va kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda monetar siyosat transmissiyasining nazariy asoslari o‘rganilib, foiz stavkalarining uzatilish (interest rate pass-through) mexanizmlariga oid empirik adabiyotlar umumlashtirilgan hamda 2021–2024 yillardagi monetar siyosat sikli doirasida sakkizta milliy iqtisodiyot — AQSh, Yevro hududi, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Braziliya va O‘zbekiston misolida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan.

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download

IQTISODIY O'SISH SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING KREDIT SALOHIYATINI OSHIRISH YO'LLARI

Ergashova Nilufar Sobirovna

Maqolada iqtisodiy o'sish va bank kredit faoliyati o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik tahlil qilinadi. Tijorat banklarining kredit salohiyatini belgilovchi omillar ko'rib chiqiladi va uni oshirishning amaliy yo'nalishlari taklif etiladi. Bular resurs bazasini mustahkamlash, kapital yetarliligini ta'minlash, kredit risklarini boshqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va kredit mahsulotlarini diversifikatsiya qilishdir

18.11.2026 Volume 3 Issue 3 View more Download