18.11.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 3
Abstract. Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish va takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Kassa operatsiyalarini hujjatlashtirish, hisobvaraqlarda aks ettirish, analitik hisobni yuritish va ichki nazoratni tashkil etishning amaldagi holati o‘rganilgan. “UzAuto Motors” AJning 2024-yilgi moliyaviy hisoboti asosida pul mablag‘lari va ular tarkibidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kassa hisobini raqamlashtirish, riskka asoslangan ichki nazoratni joriy etish hamda kassa operatsiyalarini pul oqimlari hisoboti bilan integratsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: kassa operatsiyalari, pul mablag‘lari, buxgalteriya hisobi, aksiyadorlik jamiyati, analitik hisob, ichki nazorat, pul oqimi, raqamlashtirish.