EKOLOGIK HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN JAVOBGARLIK: MUAMMO VA YECHIMLAR

18.11.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 3

Nurullayeva Nazirabonu Nasullayevna

Abstract. Ushbu maqola ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik huquqbuzarlik tushunchasi va ularning shakllari tahlil qilinadi, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqiy javobgarligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaldagi milliy qonunchilikdagi kamchiliklar va muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ekologik huquqni rivojlantirish va samarali nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan. Maqola ilmiy nazariy tadqiqot va amaliy takliflarni birlashtirib, ekologik huquq sohasida ilgari surilayotgan muammolarni hal etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Keywords: ekologik huquq, huquqbuzarlik, javobgarlik, ekologik qonunchilik, nazorat, takliflar.