18.11.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot strategiyasini amalga oshirishning huquqiy va institutsional asoslari tahlil qilingan. Mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, strategik dasturlar hamda ularni amalga oshirish uchun shakllantirilgan institutsional tizimning mazmun-mohiyati yoritilgan. “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasi, shuningdek, “Axborotlashtirish to'g'risida”, “Elektron hukumat to'g'risida”, “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida” va “Kiberxavfsizlik to'g'risida”gi qonunlar raqamli transformatsiyaning huquqiy asosi sifatida ko'rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park, elektron hukumat tizimi, my.gov.uz portali va kiberxavfsizlik institutlarining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni chuqur tahlil qilingan. O'zbekistonning huquqiy va institutsional muhiti xalqaro tajriba bilan qiyoslanib, mavjud vositalar va muammolar aniqlangan hamda raqamli iqtisodiyot strategiyasini samarali amalga oshirish va institutsional boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: raqamli iqtisodiyot, “Raqamli O'zbekiston – 2030”, elektron hukumat, IT-park, raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik, institutsional islohotlar.