RAQOBATDOSHLIK TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING ROLI

Turebekov Anvarbek Adilbekovich

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari o‘z tarmog‘ida raqobatlasha olish qobiliyatiga ega bo‘lgan holda iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi, bu esa innovatsion faollikka va resurslardan foyda keltiradigan ishlab chiqarish uchun foydalanishga olib kelib, bu esa o‘z navbatida talab va taklif orqali tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishga ta’sir ko‘rsatadi va ular o‘rtasidagi muvozanatga erishadi. Mazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarining korxona raqobatbardoshligidagi rolini tahlil qilinadi.

01.09.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

МУАММОЛАРИНГИЗНИ ИЛДИЗИ ҚАЕЙРДА?

Azizova Surayyo Xudayarovna

Ушбу мақолада салбий ёки ижобий эмоциялар берган воқеалар хотиралар баъзасини яратиши, ботиний онга таъсир ўтказиш, минглаб йиллар давомида инсониятнинг энг руҳий жиҳатдан ўсган хос одамлар томонидан қўлланилиб келинилаётган ва кенг оммадан сир тутилиб келинган услублар, ота-она ҳақидаги негатив ўй-фикрлар инсонни ўстирмаслиги, касалликларга сабаб бўлиши, хафагарчилик, салбий ҳиссиётларнинг инсонга таъсири каби масалалар ёритилган.

22.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

ОБЗОР АЛГОРИТМОВ РАСПОЗНАВАНИЯ РЕЧИ

Mirkomil Alisherovich Raxmanov

Maqolada nutqni tanib olishning asosiy algoritmlari haqida umumiy ma'lumot berilgan bo‘lib, ularning ishlash tamoyillari, afzalliklari va kamchiliklari tavsiflangan. Klassik yashirin Markov modellari (HMM), chuqur neyron tarmoqlar (DNN), rekurrent (RNN), shuningdek, Transformer va diqqat mexanizmlariga asoslangan zamonaviy arxitekturalar ko‘rib chiqilgan. Turli algoritmlarning aniqligi, hisoblash talablari va shovqinga chidamliligi solishtirilib, ularning samarali qo‘llash sohalari qayd etilgan. Bugungi kunda eng istiqbolli va samarali algoritmlar sifatida Transformer va diqqat mexanizmlariga asoslangan modellar ta’kidlanadi, ular yuqori aniqlik bilan katta hajmdagi audio-ma’lumotlarni qayta ishlashga eng yaxshi moslashgan.

22.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARIDA ROSTGOʻYLIK VA ODOB-AHLOQ SHAKLLANTIRISH METODIKASI

N.P armanova , G. Sadullayeva

Mazkur maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida rostgo‘ylik va odob-ahloq ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, metod va usullari yoritilgan. Bolalarda ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni singdirishda pedagogik yondashuvlar, jumladan, Reggio Emilia metodikasi, suhbat, rolli o‘yin va hikoya tahlilidan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarida rostgo‘ylik va odob-ahloq ko‘nikmalarini rivojlantirish bolalarning shaxsiy sifatlari va jamoadagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi aniqlangan.

16.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА КИЧИК ИШЛАБ ЧИҚАРИШ КОРХОНАЛАРИ ЎРНИ

Adilbekov A.A.

Аҳолини истеъмол озиқ-овқат маҳсулотларига бўлган талабни кондириш долзарб муаммо ҳисобланади. Мақолада Янги Ўзбекистон шароитида озиқ-овқат саноатини ривожлантириш йўлида қандай имкониятлар Республикада яратилаётганлиги ва асосий ривожлантириш мақсадлари белгилаб берилган. Озиқ-овқат саноатини ривожлантириш билан боғлиқ муаммолар аниқланган. Кичик саноат корхоналарини саноат корхоналари ишлаб чиқаришдаги ўлушларини ўсиб бориши аниқланган. Озиқ-овқат саноати корхоналарини самарали ва барқарор ривожланиши талаб ва таклиф асосида уларни ишлаб чиқариш жараёни учун зарур бўлган хомашё ва ярим тугалланмаган маҳсулотлар билан таъминлаш занжирини ривожлантириш зарурлиги кўриб чиқилган. Кичик озиқ-овқат саноат корхоналарини жойлаштиришига таъсир этувчи омил кўрсаткичлари аниқланган. Озиқ-овқат саноат маҳсулотларини ишлаб чиқариш хомашёлар етказиб берувчи фермер ва деҳқон хўжаликлари ва ёрдамчи ҳўжаликларни озиқ-овқат занжирига киритиш асосида самарали бозорни яратиш механизми ишлаб чиқилган. Кичик озиқ-овқат ишлаб чиқаришини таъминловчи ишлаб чиқариш занжири таклиф этилган.

11.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

СОВРЕМЕННЫЕ УСЛОВИЯ ПРОБЛЕМ ВОСПИТАНИЯ И РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА

Vays Eliz Yusufovna, Raximova S.A.

Ushbu maqolada jamiyat va texnologik muhitdagi shiddatli o‘zgarishlar sharoitida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalashning zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va yangi ijtimoiy voqeliklarning faol joriy etilishi sharoitida ushbu omillarning bolalar rivojlanishi va tarbiyasiga ta’siri ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy jamiyatda bolalarning barkamol rivojlanishi va moslashuviga hissa qo‘shadigan asosiy jihat sifatida erta tarbiyaning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

11.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

O‘ZBEK MILLIY OG‘ZAKI NUTQIDA JOY NOMLARI BILAN BOG‘LIQ FRAZEMALAR TOPOMORFIZMLAR SIFATIDA

Abdullayev Akmal Amirovich, Ismatullayeva Zebo Nurillo qizi

Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki nutqida qo‘llaniluvchi joy nomlari bilan bog‘liq frazemalar haqida ma’lumotlar berilgan. Ularni “topomorfizmlar” nomi ostida leksik-semantik, stilistik va lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritilgan. Shu bilan birga, “topomorfizm” termini ilmiy-nazariy izohlangan, uning ta’riflari keltirilgan, onomastika sohasidagi transpozitsiyasi haqida fikrlar bildirilgan.

08.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

КЎЗИ ОЖИЗ МАКТАБ-ИНТЕРНАТ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРИНИНГ МУВАФФАҚИЯТЛИ ИЖТИМОИЙЛАШУВИГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛЛАР

Xalikova Sh.T.

Мазкур мақолада ижтимоийлашув-бу инсоннинг замонавий турмуш шароитларига мослашиши қийин кечадиган жараён эканлиги масаласи таҳлил этилган. Айниқса, кўриш нуқсонига эга ногирон болалар учун бу жараён қийин кечади. Бу жараён инсоннинг ҳаётнинг турли соҳаларида фаол иштирокини ўз ичига олиши илмий ўрганилган.

08.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

TALABALARNING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI

Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich

Maqolada talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda qadriyatlarning ahamiyati ilmiy asosda tadqiq etilgan. Qadriyat tushunchasining mazmuni, yoshlar tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni mahalliy va xorijiy olimlar fikrlari asosida o‘rganilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

THE ROLE AND IMPORTANCE OF WRESTLING IN THE EDUCATION OF YOUTH

Xurshidbekov Abbosbek Murodbek oʻgʻli

Ushbu maqolada kurashning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, u orqali shakllanadigan axloqiy, psixologik va jismoniy xususiyatlar tahlil qilingan. Unda yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularni kurash mashg‘ulotlari orqali irodali, intizomli va maqsadga intiluvchan shaxs sifatida shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download