22.08.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 2
Abstract. Maqolada nutqni tanib olishning asosiy algoritmlari haqida umumiy ma'lumot berilgan bo‘lib, ularning ishlash tamoyillari, afzalliklari va kamchiliklari tavsiflangan. Klassik yashirin Markov modellari (HMM), chuqur neyron tarmoqlar (DNN), rekurrent (RNN), shuningdek, Transformer va diqqat mexanizmlariga asoslangan zamonaviy arxitekturalar ko‘rib chiqilgan. Turli algoritmlarning aniqligi, hisoblash talablari va shovqinga chidamliligi solishtirilib, ularning samarali qo‘llash sohalari qayd etilgan. Bugungi kunda eng istiqbolli va samarali algoritmlar sifatida Transformer va diqqat mexanizmlariga asoslangan modellar ta’kidlanadi, ular yuqori aniqlik bilan katta hajmdagi audio-ma’lumotlarni qayta ishlashga eng yaxshi moslashgan.
Keywords: nutqni tanib olish, yashirin Markov modellari, chuqur neyron tarmoqlar, rekurrent neyron tarmoqlar, Transformer, diqqat mexanizmi, audio ma'lumotlarni qayta ishlash, neyron tarmoqlar, nutqni tanib olish algoritmlari.