CHARACTERISTICS OF PREDICTION COMPETENCY OF FUTURE PEDAGOGS AT MASTER'S LEVEL

Allahverdiyeva Lala Zahir

Maqolada magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarning bashorat qilish kompetensiyasining xususiyatlarini aks ettiruvchi masalalar tahlil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy taʼlimning davlat standarti”. Magistrning vakolatlari tizimi “Magistratura bosqichi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturi” (060119-Pedagogika) hujjatida belgilangan. Ta'lim dasturiga muvofiq, magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo'lajak pedagoglarning umumiy madaniy kompetentsiyalari (KM) va kasbiy kompetentsiyalari (PK) belgilandi. Hujjatda qayd etilgan malakalarning shakllanishi va kelgusida uzluksiz rivojlanishi magistratura bosqichida tahsil olayotgan pedagogda prognozlash malakalarini yaratish va shakllantirishni taqozo etadi. Shu maqsadda maqolada kompetentsiyani bashorat qilishning pedagogik mazmuni, ilmiy-pedagogik adabiyotlarda uni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqiladi, tahlil natijasida ma’lum bir xulosaga keladi.

06.01.2025 Volume 1 Issue 2 View more Download

KURASH SPORT TURIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI SPORTCHILAR TAYYORGARLIGINI BAHOLASH USLUBLARI

Alimov Umid Abduxamidovich

Maqolada mutaxassis va murabbiylar tomonidan hozirgi kunda musobaqa va mashg‘ulot jarayonida foydalaniladigan innovatsion texnologiya bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish bilan bir qatorda Kurash sportida innovatsion texnologiyalardan foydalanish tizimi bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bu ma’lumotlar asosida sport turlari uchun kerakli bo‘lgan innovasion texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin

06.01.2025 Volume 1 Issue 2 View more Download

TURKIY TIL MANBALARI TILIDA “AQL” KONSEPTI BILAN BOGʻLIQ LEKSEMALARNING LINGVOMADANIY TAHLILI

Abdujabbarova Feruza Abdunazarovna

Ushbu maqolada til ijtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqligi, bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaromadaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o‘zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi va madaniyatshunoslik o‘rtasidagi alohida spetsifik yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha-lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi hamda tarixiy obida sanalmish “Qutadg‘u bilig” asari pandnoma sifatida o‘z shon- shuhratiga ega, bu holat o‘z o‘rnida millatimizning tarixiy bosqichida aqlli, fahm- farosatlilik milliy o‘zligimiz hamda madaniyatimizga poydevor vazifasini o‘taganligi haqida so ‘z boradi. Shu bilan birga asar tilida keltirilgan aql, fahm – farosat konsepti bilan bog‘liq leksemalar tahlilga tortildi.

06.01.2025 Volume 1 Issue 2 View more Download

NOGIRON BOLALARDA YOLG‘IZLIKNI SUB'EKTIV HIS QILISH MUAMMOSINI BARTARAF ETISH USULLARI.

Xalikova Sh.

Nogiron bolalarda sub'ektiv yolg'izlik hissi muammosini bartaraf etish bolalarda ichki his-tuyg'ularni shakllantirish bilan bog'liq jarayondir. Maxsus maktab o'quvchilari, o'zlarini yolg'iz his qilishlari, o'zlarining fikrlari, his-tuyg'ulari haqida o'ylashadi va o'zlarining xatti-harakatlarini tahlil qilishga harakat qilishadi, bu holat barqaror ijtimoiy munosabatlar, o'z-o'zini hurmat qilish bilan birga bo'lishi mumkin.

26.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

RUSSIAN LANGUAGE TEACHING METHODOLOGY AND ITS RELATIONSHIP WITH OTHER SUBJECTS

Mamedova Nargiza Ziraddinovna

Hozirgi vаqtdа metodologiyа mаxsus mustаqil fаn hisoblаnаdi. Shungа аsoslаnib, xorijiy mаmlаkаtlаrning yetаkchi olimlаri chet tilini o‘qitish metodikаsi, uning kаtegoriyаlаri, qonunlаri, аtаmаlаri, vаzifаlаri hаqidа аniq tushunchаlаrni shаkllаntirаdilаr. Rus tilini chet tili sifаtidа o‘qitish metodikаsi mustаqil o‘quv intizomigа аylаndi.

18.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

O‘RXUN-ENASOY BITIKLARIDAGI QO‘SHIN TUZILISHIGA OID ISTILOHLAR XUSUSIDA

Dustmurodov Ma’rufjon Mansur o‘g‘li

Jahon tamaddunida muhim o‘rin tutgan turkiy xalq va elatlarning o‘tmishi hamda bugunini o‘zida aks ettirgan har qanday moddiy va ma’naviy yodgorliklar nafaqat turkiy xalqlar, qolaversa, butun dunyo ilm egalarini e’tiborini o‘ziga qaratib kelgan. Qadimgi turk bitiktoshlarida qayd etilgan xoqonlikning boshqaruv tizimiga doir istilohlarning salmoqli ulushini harbiy unvon, lavozim va mansablarni ifodalovchi terminlar tashkil etadi. Bulardan bitiklarda eng faol qo‘llanilgan istilohlar qo‘shin tuzilishi va turlarini ifodalovchi terminlardir.

18.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

O‘QUV DASTURLARI TA’LIM SIFATINING MUHIM OMILI SIFATIDA

Mallayeva Matluba Abdumalikovna

Mazkur maqolada adabiyot fanidan yaratilgan o‘quv dasturlarining taraqqiyot bosqichlari, yutuq va kamchiliklari qiyosiy planda tahlil etilgan. Ta’lim standartiga xos xususiyatlar tasnif qilinib, muayyan xulosalar chiqarilgan.

16.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

FANLARARO ALOQALAR VA UNI MAKTAB FIZIKA KURSIDA YORUG’LIK HODISALARIGA DOIR MAVZULARNI OʻQITISHDA QOʻLLASH

Boyturayeva Gulbaxor Kamoliddin qizi

Ushbu maqolada fanlarni fanlararo oʻqitish, uning maqsadi va vazifalari, maktab fizika kursining yorug’lik hodisalariga doir mavzularini oʻqitishda ahamiyati bayon etilgan. Fanlararo bogʻlanishlarni amalga oshirishni umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 7-sinfi fizika kursida yorug’lik hodisalarga oid mavzularini tabiiy fanlar fani asosida fanlararo bogʻlanishlar olib borish koʻrsatib berilgan.

16.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

FIKRLASH MADANIYATINING RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA FANLARINING TUTGAN OʻRNI

Kalekeeva Sarbinaz Turkmenbaevna

Bu maqolada asosan tafakkur ya’ni fikrlash jarayonining turli-tuman fanlar tomonidan oʻrganilishi ayniqsa, fiziologiya fani tomonidan chuqur oʻrganilishi boʻyicha batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Fikrlash madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligi oʻqituvchilar faoliyatida oʻz oʻrniga ega ekanligi aytib oʻtilgan.

16.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download

SUZISH BILAN SHUG‘ULLANUVCHI 5-7-YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH VOSITASIDA SINXRON SUZISH MASHQLARI

Urazimbetova Mardjina

Maqolada suzish mashg‘ulotlarida sinxron suzish mashqlarining ayrim elementlaridan foydalanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish yoritilgan.

16.09.2024 Volume 1 Issue 1 View more Download