O‘RXUN-ENASOY BITIKLARIDAGI QO‘SHIN TUZILISHIGA OID ISTILOHLAR XUSUSIDA

18.09.2024 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 1 Issue 1

Dustmurodov Ma’rufjon Mansur o‘g‘li

Abstract. Jahon tamaddunida muhim o‘rin tutgan turkiy xalq va elatlarning o‘tmishi hamda bugunini o‘zida aks ettirgan har qanday moddiy va ma’naviy yodgorliklar nafaqat turkiy xalqlar, qolaversa, butun dunyo ilm egalarini e’tiborini o‘ziga qaratib kelgan. Qadimgi turk bitiktoshlarida qayd etilgan xoqonlikning boshqaruv tizimiga doir istilohlarning salmoqli ulushini harbiy unvon, lavozim va mansablarni ifodalovchi terminlar tashkil etadi. Bulardan bitiklarda eng faol qo‘llanilgan istilohlar qo‘shin tuzilishi va turlarini ifodalovchi terminlardir.

Keywords: Turk xoqonligi, harbiy terminlar, O‘rxun-Yenisey bitigtoshlari, qo‘shin tuzilishi.