Ushbu tadqiqot taklifi O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasining rivojlanishi mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qanday hissa qo‘shayotganini o‘rganishga qaratilgan. Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston ekologik, iqtisodiy va logistika bilan bog‘liq omillar tufayli oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan muammolarga duch kelmoqda. Taklif etilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi — suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish va barqaror qishloq xo‘jaligi usullarini joriy etish orqali oziq-ovqat mavjudligini oshirishga xizmat qiluvchi aniq bog‘dorchilik amaliyotlarini takomillashtirishdir
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ушбу мақолада 1221 йили хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди ва Чингизхон қўшинлари ўртасида кечган Синд жангининг ўрта асрлардаги ёзма, тасвирий ва оғзаки тавсифи, бу жангга нисбатан ўтмишдаги ва ҳозирда замондаги алоҳида эътиборнинг сабаблари кўриб чиқилган. Жангнинг улкан тарихий аҳамияти, у билан боғлиқ драматизм, бир ўрта аср тарихнависининг мафкуравий йўналтирилган ҳикоясининг ғоят таъсирчанлиги, ўтмишни қўмсаш кабилар мазкур жангнинг довруғини янада оширган омиллар ўлароқ кўрсатилган.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ушбу мақола X–XI юзйилликларда юз берган сиёсий жараёнлар ва уларнинг Абу Райҳон Муҳаммад ибн Аҳмад Беруний ижодига кўрсатган таъсири ҳақида бўлиб, ундаги маълумотлар Берунийнинг ҳаёт йўли билан чамбарчас боғлиқликда таҳлил қилинган.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sportning o‘smirlar hamda yoshlar salomatligi va sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta’siri yoritiladi. Xususan, jismoniy mashg‘ulotlar bilan tizimli shug‘ullanish barcha yosh toifalari uchun ruhiy va emotsional holatni yaxshilashga xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar nafaqat sog‘liq holatining ijobiy o‘zgarishiga olib keladi, balki insonlarga yangi ko‘nikma va malakalarni egallashga yordam beradi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar davrida yangi fanlarni o‘qitishning yangi prinsip va usullari haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, akademik yozuv fanini sifatli va samarali o‘qitish, ilmiy va ilmiy-publitsistik matnlarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri bayon qilish masalalari zamonaviy kompleks metodika asosida tahlil qilinib, yechimi bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Zamonaviy sharoitlarda bolalarda masʼuliyat hissini shakllantirishda oila va maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻzaro hamkorligi roli oshib borayapti. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oilaning oʻzaro taʼsiri muammosi oxirgi vaqtda eng dolzarb muammolar qatoriga kirgan. Oʻzgargan zamonaviy oila, moliyaviy va ijtimoiy-madaniy tabaqalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning koʻpligi, taʼlim va tarbiya olishning keng imkoniyatlari oʻzaro taʼsirning yangi shakllarini izlab topish zaruriyatini vujudga keltiradi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada o‘q otish tayyorgarligida zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etishning ahamiyati tahlil qilingan. Interaktiv simulyatorlar, virtual voqelik platformalari va geymifikatsiya kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali tinglovchi va kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilingan. O‘zbekiston Respublikasida harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida o‘qitish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalardan foydalanish tavsiya etilgan.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada “hedjing” istilohi, uning kelib chiqishi va tilshunoslikda qo'llanilishi, shuningdek, turli tadqiqotlarda “hedjing” istilohining tasnifi o'rganiladi. Hedjing so'zlovchining nutqini bilvosita va xushmuomalalik bilan yetkazish orqali yumshatish uchun ishlatiladi. Shuningdek, u so’zlovchining noaniqlikni yoki shaxsiy shubhasini ifodalashda ham ishlatiladi. Bu tadqiqotda tilshunoslarning hedjingni tasniflashlari va bu istilohdan foydalanishlari muhokama qilinadi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Maqolada, 2001–2021-yillarda o‘zbeklarning turli yosh avlodlari va ijtimoiy qatlamlari (n=259) o‘rtasida o‘tkazilgan empirik tadqiqotlar (ichki-tashqi kuzatuvlar hamda individual-erkin so‘rovlar) natijalariga tayangan holda, o‘zbek madaniyatidagi unashtiruv marosimlari, ularning madaniy va etnopsixologik ahamiyati, rang-barang xususiyatlari hamda zamonaviy sharoitda kechayotgan transformatsiyasi tahlil qilinadi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download