26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada “hedjing” istilohi, uning kelib chiqishi va tilshunoslikda qo'llanilishi, shuningdek, turli tadqiqotlarda “hedjing” istilohining tasnifi o'rganiladi. Hedjing so'zlovchining nutqini bilvosita va xushmuomalalik bilan yetkazish orqali yumshatish uchun ishlatiladi. Shuningdek, u so’zlovchining noaniqlikni yoki shaxsiy shubhasini ifodalashda ham ishlatiladi. Bu tadqiqotda tilshunoslarning hedjingni tasniflashlari va bu istilohdan foydalanishlari muhokama qilinadi.
Keywords: hedjing, kuchaytirish, yumshatish, yuzga tahdid soladigan harakatlar, yuzni saqlash strategiyalari, qalqonlar, taxminni ifodalovchi so’zlar