RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ASOSIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

26.04.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 1

Allamova Shohista Shavkat qizi, Avazova Gulnoza G‘ayratjanovna, Shazadayev Farxod Alim o‘g‘li

Abstract. Hozirgi kunda ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ushbu maqolada kelajakdagi ta’lim texnologiyalarini shakllantiruvchi asosiy tendensiyalar va innovatsiyalar tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, raqamli o‘quv muhitlari, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) hamda moslashuvchan o‘quv tizimlarining ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning afzalliklari, cheklovlari va istiqbollari tahlil qilinib, kelajakda ta’lim jarayonida ularning o‘rnini belgilashga oid ilmiy xulosalar beriladi.

Keywords: Ta’lim texnologiyalari, innovatsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, VR/AR, moslashuvchan o‘qitish, ta’lim transformatsiyasi.