MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

06.01.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 1 Issue 2

Turdibekova Iroda Olimjon qizi

Abstract. Maqola kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi uchun samarali bozor iqtisodiyotini yaratish sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar jarayonlarida muhim ahamiyati haqida. Kichik biznes iqtisodiyot va umuman jamiyatni rivojlantirish yo‘llarini optimallashtirish uchun katta salohiyatga ega. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishga yordam beradi. Yirik korxonalar asosan an’anaviy tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatsa, kichik biznes innovatsion texnologiyalar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kichik korxonaning o‘ziga xos xususiyati barcha turdagi resurslardan foydalanishning yuqori intensivligi va ularning sonini optimallashtirishga doimiy intilish, bu nisbatlar uchun eng maqbul shart-sharoitlarni ta’minlashdir.

Keywords: inqiroz, kichik biznes, ishsizlik, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, mulk.