04.08.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 2
Abstract. Maqolada xavfsiz turistlik sayohatini tashkil etish va baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqiladi. Turizmning jismoniy tarbiya vositasi, sog‘lomlashtirish hamda shaxsiy sifatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Turistik guruhni tayyorlashga, jumladan jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratilgan. Turizmda jarohatlanishning asosiy sabablari tabiiy omillar, ishtirokchilar xatolari va tashkiliy kamchiliklar bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Xavfsizlikni ta’minlash choralari, jumladan marshrut tanlash, moddiy-texnik ta’minot va sayohat qoidalariga rioya qilish masalalari bayon etilgan. Ishtirokchilar hayoti va sog‘ligini saqlash uchun turistik faoliyatni kompleks yondashuv asosida tashkil etish zarurligi xulosa qilingan.
Keywords: Jismoniy tarbiya, xavfsizlik, vositalar, metod, turizm, turistik yurishlar