04.08.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek mediamatnlarida qo‘llanayotgan ekspressiv neologizmlarning diskursiv vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida yangilik saytlari, Telegram kanallari hamda Instagram va Facebook platformalaridagi matnlar tanlandi. Tahlilda kontent tahlili, diskurs tahlili va tavsifiy-statistik usullardan foydalanildi. Natijalar ekspressiv neologizmlarning auditoriya e’tiborini jalb qilish, matnning emotsional ta’sirchanligini kuchaytirish, muallif pozitsiyasini ifodalash va interaktivlikni oshirish kabi vazifalarni bajarishini ko‘rsatdi. Maqolada media diskursda neologizmlarning uslubiy hamda kommunikativ ahamiyati yoritiladi.
Keywords: ekspressiv neologizm, media diskurs, mediamatn, ijtimoiy tarmoq, ekspressivlik, pragmatika.