MUNITSIPAL MULKNI BOSHQARISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI VA ULARNI OʻZBEKISTON SHAROITIDA QOʻLLASH IMKONIYATLARI

04.08.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 2

Yaxshiboyev Shohruh Xayitmurod oʻgʻli

Abstract. Ushbu maqolada munitsipal mulkni boshqarish sohasida xorijiy rivojlangan davlatlar tajribasi qiyosiy hamda institutsional nuqtayi nazardan tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitida munitsipal mulklarni boshqarish uchun ayrim masalalar tahlil qilingan va tegishli takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari rivojlangan mamlakatlarda munitsipal mulkni boshqarish faqat obyektlarni saqlash bilan cheklanmasdan, balki uzoq muddatli infratuzilma strategiyasi, raqamli aktivlar reyestrini shakllantirish, shuningdek, shaffoflik, jamoatchilik hisobdorligi va maqsadli investitsiya mexanizmlari bilan uygʻunlashgan tizim sifatida shakllanganini koʻrsatadi.

Keywords: Oʻzbekiston, munitsipal mulk, kommunal mulk, mahalliy budjet, aktivlarni boshqarish, infratuzilma strategiyasi, munitsipal moliya, xorijiy tajriba