04.08.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 3 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida gamifikatsiya texnologiyalarining mohiyati, pedagogik ahamiyati va ta’lim samaradorligini oshirishda o‘yin elementlaridan foydalanish usullari keltirilgan. Shuningdek o‘quvchilarning motivatsiyasi, faolligi va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada ballar tizimi, mukofotlar, reyting jadvallari, interaktiv topshiriqlar hamda raqamli platformalardan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari gamifikatsiya elementlarini ingliz tili darslariga integratsiya qilish o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirishi, til o‘rganish jarayonining samaradorligini ta’minlashini ko‘rsatadi.
Keywords: ingliz tilini o‘qitish, gamifikatsiya, o‘yin elementlari, motivatsiya, interaktiv ta’lim, ta’lim samaradorligi.