19.01.2026 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish masalalari keng qamrovda tahlil etilgan. Tadqiqotda chet tilini o‘rganishda motivatsiyaning psixologik-pedagogik asoslari, tibbiy nemis tilining kasbiy ahamiyati hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metod va texnologiyalar yoritilgan. Shuningdek, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar va raqamli vositalarning tibbiyot talabalari motivatsiyasiga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqola natijalari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida nemis tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Keywords: motivatsiya, tibbiy nemis tili, tibbiyot talabalari, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim, kommunikativ metod, interaktiv texnologiyalar.