ТARIX FANIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARINI O‘RGANISH IMKONIYATLARI

26.12.2025 Scientific and methodological journal of the Tashkent University of Economics and Pedagogy. Volume 2 Issue 3

Yuldasheva Mastura Islamovna

Abstract. Ushbu maqola Tarix fanida Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘rta asr Sharq uyg‘onish davri allomalari hamda keyingi davr ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotda Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Davoniy kabi mutafakkirlarning ilm-fan, ma’rifat va inson kamoloti haqidagi konseptual qarashlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy-qiyosiy va manbashunoslik yondashuvlari qo‘llanib, pedagogik merosning shakllanishiga ijtimoiy-madaniy omillar ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, mutafakkirlarning ta’lim tizimiga doir fikrlari zamonaviy pedagogika nazariyalari bilan bog‘lab ko‘rib chiqilib, ularning bugungi ta’lim jarayonida amaliy ahamiyati asoslab beriladi.

Keywords: Meros, pedagogik qarash, nazariya, falsafiy kontsept, primar matn, Diskurs tahlili, Komparativ, manbashunoslik, yondashuv, tarbiya.