УЙҒУР ХОҚОНЛИГИ ДАВРИ ЁДНОМАЛАРИ ТУРКУМИДАН: ТЭС(ИЙН) БИТИГИ ҲАҚИДА БАЪЗИ МУЛОҲАЗАЛАР

Dustmurodov Ma'rufjon Mansur o`g`li

Уйғур даврига оид битигтошлар хоқонлик ва ундан ташқарида кечган ижтимоий-сиёсий жараёнлар, шунингдек, ҳарбий тарихи, давлат тузилиши ва давлатчилик анъаналарининг турли жиҳатлари ҳақида муҳим маълумотларни олишда асосий манба бўлиб хизмат қилади. Айниқса учала уйғур хоқонлигининг ички сиёсий тузуми, хоқонлик хонадонидаги эврилишлар, уларнинг Табғач билан муносабатлари борасида Тарят, Шине Усу, Тэс(ийн) битигларида муҳим маълумотлар акс этган. Булардан унча катта бўлмаган ёдномалардан бири асосан учинчи Уйғур хоқонлигида кечган жараёнлар хусусида маълумот берувчи Тэс(ийн) битигтошидир. Мазкур мақолада ушбу битигтош ва унинг матни хусусида баъзи мулоҳазалар ўрин олган.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

TALABALARNING FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI

Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich, Shopulatov Abdumalik Nurillayevich

Maqolada talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda qadriyatlarning ahamiyati ilmiy asosda tadqiq etilgan. Qadriyat tushunchasining mazmuni, yoshlar tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni mahalliy va xorijiy olimlar fikrlari asosida o‘rganilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

ARTIFICIAL INTELLIGENCE AS AN INNOVATIVE PEDOGOGICAL TOOL IN MODERN EDUCATIONAL CONTEXT

Davronov Avazbek Artiqboyevich

Ushbu maqolada suniy intellektning zamonaviy ta’limda pedagogik vosita sifatidagi juda muhim roli va o‘qituvchilar faoliyatini yanada samarli tashkil qilishdagi ahamiyati haqida kerakli ma’lumotlar berilgan. Shuningdek maqolada o‘quvchilarning muvofaqiyatlarini kuzatib borish hamda o‘quv faoliyatdagi nazoratlarni samarali yo‘lga qo‘yishda suniy intellektning imkoniyatlari to‘g‘risida muhim usullar keltirib o‘tilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

SMART TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INFORMATIKA TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH: METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA AMALIY NATIJALAR

Abidova Dilfuza Muratdjanovna

Ushbu maqola smart texnologiyalar yordamida informatika ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlanadi. Sun’iy intellekt, interfaol simulyatorlar va gamifikatsiya elementlarini o‘z ichiga olgan metodologik model ishlab chiqildi va eksperimental tarzda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar modelning akademik muvaffaqiyat va o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishdagi samaradorligini tasdiqladi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI ETISHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARDAN FOYDALANISH YO‘LLARINING STATISTIK TAHLILI

Abdurayimov Kamollidin Xurram o‘g‘li

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va uni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida olib borilayotgan islohatlar bilan solishtirish, xorijiy mamlakatlar tajribalaridan bizning mintalitetimizga xos bo‘lgan jihatlarini o‘zlashtirib olishga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa dunyo qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida etakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan Xitoy, Niderlandiya, Rossiya kabi mamlakatlar tajribalarini o‘rganish qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohatlarni yanada mukammalroq va maqsadliroq bo‘lishiga xizmat qilishiga ahamiyat berilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

ASOSIY STAVKANING TIJORAT BANKLARI KREDITLARI QIYMATINING KOʻRSATKICHI SIFATIDAGI ROLINING USLUBIY JIHATI

Abdullayeva Charos Abdullo qizi

Ushbu maqolada Asosiy stavkaning tijorat banklari kreditlari qiymatining koʻrsatkichi sifatidagi rolining uslubiy jihatini koʻrib chiqamiz. Markaziy bankning asosiy stavkasini belgilashda turlicha qarashlar mavjud boʻlib ularning tahlili koʻrib chiqildi. Asosiy stavka darajasi iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi, inflyatsiya darajasi, qarz oluvchilar uchun foiz stavkalari darajasi kabi koʻrsatkichlarga taʼsir qiladi. Asosiy stavkani aniqlashga yondashuvda ushbu taʼsirni aks ettirish juda muhimdir.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

TALABALAR AQLIY TARAQQIYOTIGA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING RIVOJLANTIRUVCHI TA’SIRINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK JIHATLARI

Abdinazarova Zamira Xudaybergenovna

Maqolada рsixologik treninglarning talabalar aqliy taraqqiyotiga rivojlantiruvchi ta’sirining psixologik-pedagogik jihatlari yortib berilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

FIZIKA FANINI O‘QITISHDA KOGNITIV PSIXOLOGIYA VA O‘QUV MOTIVATSIYASI YONDASHUVI ASOSIDA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Raxmatullayeva Gulira’no

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda kognitiv psixologiya va o‘quv motivatsiyasi yondashuvi asosida raqamli vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, xususan, simulyatsiyalar, interaktiv testlar, va multimedia vositalari o‘quvchilarda chuqur tushuncha hosil qilish, e’tiborni saqlab qolish va motivatsiyani oshirishda qanday xizmat qilishi asoslab berilgan.

11.07.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

RUS TILI DARSLARIDA MATEMATIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVASION USULLARI

Xamrayeva Xulkar Naimovna

Ushbu maqolada raqamli ta’lim sharoitida rus tili darslari orqali talabalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Fanlararo integratsiya, xususan til va matematika fanlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va kognitiv faolligini oshirishning innovasion usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaliy dars namunasi, metodik tavsiyalar hamda ushbu usullarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarda til va mantiqiy ko‘nikmalarni bir vaqtda shakllantirishning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari fanlararo yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

02.06.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Ismailova Dilbar Ruzmatovna

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Ijtimoiy kompetentlik tushunchasi, uning tarkibiy jihatlari va pedagogik faoliyatdagi ahamiyati o‘rganiladi. Turli yondashuvlar asosida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirish metodlari tahlil qilinib, ta’lim jarayonida bu kompetensiyani rivojlantirish mexanizmlari keltiriladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni egallashi va ularni kasbiy faoliyatida qo‘llash bosqichlari yoritiladi. Maqolada ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar, ta’lim jarayonidagi interfaol yondashuvlar hamda pedagogik faoliyatda kommunikativ va psixologik kompetensiyalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.

02.05.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download