KIMYO FANINI O‘QITISHDA BAHOLASHNING YANGI METODI: EVALBEE DASTURI MISOLIDA

Temirov Farrux Faxridinovich

Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilar bilimini baholashning an’anaviy usullariga muqobil ravishda zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, EvalBee dasturining imkoniyatlari tahlil qilinib, uning yordamida testlarni tez va samarali tekshirish, natijalarni tahlil qilish hamda o‘quvchilarga tezkor fikr-mulohaza berish yo‘llari batafsil yoritilgan. Dasturdan foydalanish orqali baholash jarayonini optimallashtirish va o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

АКТУАЛЬНОСТЬ И АСПЕКТЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ОСНОВ НАНОТЕХНОЛОГИЙ

Sattikulov Muzaffar, Urinbaev Saginbay Kuatbaevich

Nanotexnologiyalar sohasidagi bilimlarning, shu jumladan talabalar uchun ham dolzarbligi vaqt bilan belgilanadi. Nanotexnologiya yangi bilim sohasi sifatida so‘nggi yillarda fizika, kimyo, biologiya va muhandislik fanlarining eng muhim va qiziqarli bilim sohalaridan biriga aylandi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

ВОСПИТАНИЕ ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ ОТЗЫВЧИВОСТИ У ДОШКОЛЬНИКОВ КАК ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

S. Raximova, S. Maxmudova

Maqolada hissiy sezgirlik maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiyati rivojlanishining asosiy komponenti sifatida ko'rib chiqiladi. U 4-5 yoshli bolalarda empatik reaktsiyalarni shakllantirishning psixologik va pedagogik asoslarini, shuningdek, bu jarayonda kattalar va atrof-muhitning rolini ochib beradi. Empatiya, sezgirlik va ijtimoiy retseptivlik tushunchasiga asosiy nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

GENDER IN ENGLISH LANGUAGE: HOW ‘HE’, ‘SHE’, AND ‘THEY’ ARE CHANGING

Rahmatullayeva Madina Fatxullayevna, Sabirova Zebo Baxramovna

Ingliz tili barcha jonli tillar kabi ijtimoiy, madaniy va siyosiy o‘zgarishlarga javoban doimo rivojlanib boradi. So‘nggi yillardagi o‘zgarishlarning eng ko‘zga ko‘ringan va munozarali sohalaridan biri gender olmoshlarining qo‘llanilishidir - u, u va tobora ko‘proq ular. Bir paytlar nisbatan qat’iy bo‘lgan tizim endi inklyuzivlik, gender xilma-xilligini hurmat qilish va tilning o‘ziga xoslik va tenglikda asosiy rol o‘ynashini tan olish zarurati tufayli qayta shakllanmoqda.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

AHOLI ZICH YASHAYDIGAN HUDUDLARDA ADIR EKOTIZIMLARNI BOSHQARISHNING NAZARIY QARASHLARI

Qodirov Hamidullo Madaminjonovich

Ushbu maqolada Aholi zich yashaydigan hududlarda adir ekotizimlarini boshqarish masalalariga oid nazariy qarashlar tahlil qilingan bo‘lib, ushbu hududiy va o‘ziga hos ekologik sharoit bilan ajralib turuvchi adir zonasiga yaqin bo‘lgan zich aholi va undan foydalanuvchilarning mavjud tabiiy resurslardan foydalanishda ushbu ekotizimga nisbatan bosim va yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlardagi o‘zgarishlar aks etdirilib, yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ko ‘plab horij va respublikamiz olimlari va mutaxassis-amaliyotchilari tomonidan yaratilgan va yangi-yangi ilmiy tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

TURIZMDA INNOVATSION XIZMATLAR VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI

Oblaqulova Sitora Olim qizi

Ushbu maqolada turizm sohasida innovatsion xizmatlarning turlari, ularning mazmun-mohiyati va iqtisodiyotga ta’siri yoritilgan. Raqamlashtirish, mobil ilovalar, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR), onlayn bron tizimlari kabi innovatsiyalar zamonaviy turizmning ajralmas qismiga aylangan. Ushbu xizmatlarning sayyohlar ehtiyojini qondirishdagi o‘rni va ular orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlarini tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar misolida innovatsion xizmatlarning afzalliklari ko‘rib chiqilib, O‘zbekistonda ularni joriy etish istiqbollari haqida xulosa va takliflar beriladi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

NUTQ NUQSONIGA EGA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING AMALIY USULLARI

Normatova Maftuna Kengash qizi , Kamolova Gulshoda Jobir qizi

Maqolada nutq nuqsoniga ega bolalarning maktabga tayyorlashda amaliy usullar, bolalarni maktab muhitiga psixologik jihatdan tayyorlash usullari va bu usullar, bolalarning maktabga muvaffaqiyatli integratsiyasini va ijtimoiy hamda akademik muvaffaqiyatini ta’minlash. Bolalarga maktabdagi turli vaziyatlarni oldindan ko‘rib chiqish orqali ularning yangi muhitga moslashuvini va zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini ta’minlash usulari haqida so‘z boradi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДИНАМИКИ КОЛИЧЕСТВА ОВЕЦ И КОЗ В УЗБЕКИСТАНЕ

Менгнаров Холмурат Эргашович

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2011-2023-yillarda yetishtirilgan qo‘y va echkilar soni {Y_t,t∈T} (O‘zStat ma’lumotlari bo‘yicha ming birlikda) barqaror dinamik qator sifatida statistik tahlil qilinib, 95% kafolat bilan nuqtaviy-intervalli statistik baholash qurilgan. y ̅_t- qo‘y va echkilarning yillik o‘rtacha soni uchun. Mazkur jarayonning asosiy rivojlanishini tavsiflovchi trendning bir qismi aniqlanib, unda ishtirok etuvchi noma’lum parametrlar statistik ma’lumotlar asosida eng kichik kvadratlar usulida baholangan hamda qo‘y va echkilar bosh sonini yaqin yillar uchun prognoz qilingan. Statistik mezonlar yordamida ushbu jarayonning avtokorrelyatsion bog‘liqligi mavjudligi haqidagi statistik gipoteza tekshirildi hamda nazariy va amaliy xulosalar chiqarildi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

PEDAGOGLARNI YOSHI KATTALARGA XOS O‘QUV EHTIYOJLARI, MOTIVATSIYASI VA TAJRIBASI ASOSIDA SAMARALI KASBIY RIVOJLANISH STRATEGIYALARI

M.R.Isxakova

Ushbu maqola pedagoglarning kasbiy rivojlanishida yangi strategiyalarni talab qilishini va yoshi kattalar uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlar asosida, pedagoglarni o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston va xorijda amalga oshirilayotgan dasturlar va metodologiyalar tahlil etiladi. Рedagoglarning o‘zini rivojlantirish jarayonida foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslar va metodlar muhokama qilinadi.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download

TIJORAT BANKLARINING INVESTISION KREDIT QOʻYILMALARI HAJMIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

Ergashova Nilufar Sobirovna

Maqolada tijorat banklarining investitsiya va kredit salohiyati, tijorat banklari investitsiya va kredit oqimlarining o‘sish sur’atlariga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan, bank sektorining investitsiya siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari, iqtisodiyotda texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, bank tizimining kredit salohiyatidan samarali foydalanish, xorijiy mamlakatlar banklari bilan sindikatlashtirilgan kreditlar hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshirish, banklar uchun qimmatli qog‘ozlar bozoriga yo‘naltirilgan investitsiyalardan olinadigan bevosita va bilvosita daromadlar va boshqa iqtisodiy muammolar ko‘rib chiqilgan.

06.08.2025 Volume 2 Issue 2 View more Download