Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda kognitiv psixologiya va o‘quv motivatsiyasi yondashuvi asosida raqamli vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, xususan, simulyatsiyalar, interaktiv testlar, va multimedia vositalari o‘quvchilarda chuqur tushuncha hosil qilish, e’tiborni saqlab qolish va motivatsiyani oshirishda qanday xizmat qilishi asoslab berilgan.
11.07.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada raqamli ta’lim sharoitida rus tili darslari orqali talabalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Fanlararo integratsiya, xususan til va matematika fanlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va kognitiv faolligini oshirishning innovasion usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaliy dars namunasi, metodik tavsiyalar hamda ushbu usullarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarda til va mantiqiy ko‘nikmalarni bir vaqtda shakllantirishning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari fanlararo yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
02.06.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Ijtimoiy kompetentlik tushunchasi, uning tarkibiy jihatlari va pedagogik faoliyatdagi ahamiyati o‘rganiladi. Turli yondashuvlar asosida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirish metodlari tahlil qilinib, ta’lim jarayonida bu kompetensiyani rivojlantirish mexanizmlari keltiriladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni egallashi va ularni kasbiy faoliyatida qo‘llash bosqichlari yoritiladi. Maqolada ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar, ta’lim jarayonidagi interfaol yondashuvlar hamda pedagogik faoliyatda kommunikativ va psixologik kompetensiyalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.
02.05.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu tadqiqot taklifi O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasining rivojlanishi mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qanday hissa qo‘shayotganini o‘rganishga qaratilgan. Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston ekologik, iqtisodiy va logistika bilan bog‘liq omillar tufayli oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan muammolarga duch kelmoqda. Taklif etilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi — suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish va barqaror qishloq xo‘jaligi usullarini joriy etish orqali oziq-ovqat mavjudligini oshirishga xizmat qiluvchi aniq bog‘dorchilik amaliyotlarini takomillashtirishdir
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ушбу мақолада 1221 йили хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди ва Чингизхон қўшинлари ўртасида кечган Синд жангининг ўрта асрлардаги ёзма, тасвирий ва оғзаки тавсифи, бу жангга нисбатан ўтмишдаги ва ҳозирда замондаги алоҳида эътиборнинг сабаблари кўриб чиқилган. Жангнинг улкан тарихий аҳамияти, у билан боғлиқ драматизм, бир ўрта аср тарихнависининг мафкуравий йўналтирилган ҳикоясининг ғоят таъсирчанлиги, ўтмишни қўмсаш кабилар мазкур жангнинг довруғини янада оширган омиллар ўлароқ кўрсатилган.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ушбу мақола X–XI юзйилликларда юз берган сиёсий жараёнлар ва уларнинг Абу Райҳон Муҳаммад ибн Аҳмад Беруний ижодига кўрсатган таъсири ҳақида бўлиб, ундаги маълумотлар Берунийнинг ҳаёт йўли билан чамбарчас боғлиқликда таҳлил қилинган.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sportning o‘smirlar hamda yoshlar salomatligi va sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta’siri yoritiladi. Xususan, jismoniy mashg‘ulotlar bilan tizimli shug‘ullanish barcha yosh toifalari uchun ruhiy va emotsional holatni yaxshilashga xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar nafaqat sog‘liq holatining ijobiy o‘zgarishiga olib keladi, balki insonlarga yangi ko‘nikma va malakalarni egallashga yordam beradi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar davrida yangi fanlarni o‘qitishning yangi prinsip va usullari haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, akademik yozuv fanini sifatli va samarali o‘qitish, ilmiy va ilmiy-publitsistik matnlarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri bayon qilish masalalari zamonaviy kompleks metodika asosida tahlil qilinib, yechimi bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download
Zamonaviy sharoitlarda bolalarda masʼuliyat hissini shakllantirishda oila va maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻzaro hamkorligi roli oshib borayapti. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oilaning oʻzaro taʼsiri muammosi oxirgi vaqtda eng dolzarb muammolar qatoriga kirgan. Oʻzgargan zamonaviy oila, moliyaviy va ijtimoiy-madaniy tabaqalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning koʻpligi, taʼlim va tarbiya olishning keng imkoniyatlari oʻzaro taʼsirning yangi shakllarini izlab topish zaruriyatini vujudga keltiradi.
26.04.2025 Volume 2 Issue 1 View more Download